6 Sentyabr 2025 yil
391
IIV Surxondaryo akademik litseyida o‘quvchilar o‘rtasida psixologik seminar-trening mashg‘uloti o‘tkazildi
Joriy yilning 5-sentabr kuni IIV Surxondaryo akademik litseyida o‘quvchilar o‘rtasidagi ma’naviy-ruhiy muhitni o‘rganish, ularning o‘quv jarayonida va o‘quv mashg‘ulotlaridan bo‘sh vaqtlaridagi ruhiy barqarorlik darajalarini baholash hamda ularga kelajakda to‘g‘ri kasb tanlashlari yuzasidan kerakli maslahatlar berish maqsadida seminar-trening tashkil etildi.
Smenar-trening jarayonida o‘quvchilar o‘zlarining tushkun holatlardan oson va yengil chiqib ketish mashqlarini bajarishdi. Shuningdek, litsey psixologi Halima Bekmurodova tomonidan ularga insonning ijobiy holati onggi va ruhiga, bu esa uning bilim olishiga ham ta’sir ko‘rsatishi haqida o‘quvchilarga nazariy hamda amaliy jihatdan tushunchalar berildi.