IIV Surxondaryo Akademik litseyida Kriminalistika sohasiga oid amaliy o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
Xabaringiz bor so‘ngi yillarda, Ichki ishlar tizimida yangi imij yaratish hamda yosh mutahassislarni tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ular uchun qator shart-sharoitlar yaratilib nazariy bilim olishlari, amaliy ko‘nikma hosil qilishlari uchun imkoniyatlar yaratib kelinmoqda.
Buning yaqqol misoli
sifatida, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Ekspert-kriminalistika markazi
mas’ul xodimlari tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining
Surxondaryo Akademik litseyida "Kriminalistik hisoblar tushunchasi, uning vazifalari,
turlari, ob’ektlari, shakllari va usullari" mavzusida amaliy o‘quv mashg‘uloti
bo‘lib o‘tdi.
Akademik litsey o‘quvchilari
mashg‘ulot davomida, viloyati Ichki Ishlar boshqarmasi Ekspert-kriminalistika markazida
mavjud kriminalistik texnikalar bilan yaqindan tanishishdi. Tabiiyki bu kabi tadbirlar
yoshlarning sohaga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishga xizmat qiladi.
O‘quv mashg‘uloti davomida, o‘quvchi yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar olishdi.