IIV Surxondaryo akademik litseyi o‘quvchilari ot sporti bo‘yicha amaliy mashg‘ulotda ishtirok etishdi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Surxondaryo akademik litseyi o‘quvchilari uchun O‘zbekiston Milliy gvardiyasining Chavandozlar maktabidan kelgan maxsus guruh tomonidan ot sporti bo‘yicha amaliy mashg‘ulot tashkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi yoshlarning jismoniy tayyorgarligini oshirish,
ularni milliy an’analar, chavandozlik madaniyati hamda ot sportining tarixiy
ahamiyati bilan yaqindan tanishtirishdan iborat bo‘ldi.
Mashg‘ulot davomida o‘quvchilarga otlarni parvarish qilish, ularga
to‘g‘ri munosabatda bo‘lish va chavandozlikning asosiy qoidalari bo‘yicha
nazariy hamda amaliy bilimlar berildi.
Yakunda o‘quvchilar tajribali murabbiylar rahbarligida amaliy chiqishlar o‘tkazib, chavandozlik bo‘yicha dastlabki ko‘nikmalarni egalladilar.