IIV Surxondaryo akademik litseyida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” bosh g‘oyasi asosida, “Bilimlar kuni” bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 3-sentabr kuni IIV Surxondaryo akademik litseyida yangi o‘quv yili boshlanishi hamda Mustaqilligimizning 34 yillik bayrami munosabati bilan “Bilimlar kuni” tadbiri ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Tashkil etilgan bayram tadbirida Surxondaryo viloyati IIB Faxriylar kengashi raisi, kengash a’zolari, akademik litsey jamoasi, o‘quvchilar va ularning ota-onalari ishtirok etishdi.
Tadbirda akademik litsey direktori yig‘ilganlarni bayram
bilan tabriklab, yosh avlodga ta’lim jarayonida yuksak marralarni zabt etishda omadlar
tiladi.
Tadbir davomida faxriylar va o‘qituvchilar tomonidan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida “Mustaqillik darsi” mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Unda mustaqillikning qadr-qimmati, Vatanga muhabbat va yoshlarning mas’uliyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi. So‘ngra nuroniylar litsey hududida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishishdi.