21 Oktyabr 2024 yil
331
IIV Surxondaryo akademik litseyida “Til-millat faxriʼʼ shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi.
Joriy yilning 21 oktabr kunida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining
35 yilligi munosabati bilan IIV Surxondaryo akademik litseyida “Til-millat faxriʼʼ
shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda o‘quvchilar tomonidan she’riy chiqishlar, raqs, qo‘shiq,
sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
Shu bilan birga o‘quvchilar o‘rtasida tilshunoslik fani
yuzasidan viktorina o‘tkazildi. Tadbir yakunida, “Ona tili fan oyligi” doirasida
o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yini, Esselar tanlovi g‘oliblari hamda tadbirning
faol ishtirokchilari, viktorina g‘oliblari faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar
bilan taqdirlandi.