6 Iyun 2024 yil
510
IIV Surxondaryo Akademik litseyi o‘quvchilari o‘rtasida salbiy holatlarni oldini olish maqsadida psixologik mashg‘ulotlar o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi IIV Surxondaryo Akademik
litseyida ta’lim olayotgan o‘quvchilar jamoasida sog‘lom muhitni shakllantirish
hamda ularning o‘quv jarayonida va mashg‘ulotdan tashqari ruhiy-emotsional barqarorligini
saqlash bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi.
Mazkur
tashkil etilgan seminar-trening mashg‘ulotida o‘quvchi yoshlarning psixologik bilim saviyasini oshirish, ularning psixologik salomatligini ta’minlash,
o‘quv jarayoni va mashg‘ulotlardan tashqari vaqtlarda ruhiy-emotsional barqarorlikni
saqlash hamda litseydagi ma’naviy-ruhiy muhitni o‘rganishga doir amaliy ko‘nikmalarni hosil qilishga qaratildi.