IIV Surxondaryo akademik litseyida o‘quvchi qizlar bilan ma’naviy-ma’rifiy va kasbga yo‘naltiruvchi davra suhbati tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Surxondaryo akademik litseyida ta’lim olayotgan o‘quvchi qizlarning ilm salohiyatini oshirishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbati davomida, boshqarma Ma’naviy-ma’rifiy
ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Nargiza
Djumaeva va Jarqo‘rg‘on tuman IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi
bo‘limi Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori podpolkovnik Yulduz Imomovalar
O‘zbekiston Respublikasi IIV Surxondaryo akademik litsey o‘quv yurtida ta’lim olayotgan
o‘quvchi qizlarning orzulari, qiziqishlari, erishgan yutuqlari, ichki ishlar sohasining
qaysi yo‘nalishida faoliyatini davom ettirishi xususida suhbatlashib, bu borada
chuqur bilim egallash hamda sohaning yetuk vakili bo‘lish uchun qay jihatlarga e’tibor
qaratish lozim bo‘lgan xususiyatlari haqida ishtirokchilarning tushunchalar berildi.
Davra suhbati yakunida, yosh o‘quvchi qizlarni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.