23 Dekabr 2024 yil 662

IIV Surxondaryo akademik litseyi tomonidan targ‘ibot ishlari qizg‘in davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi IIVning "Ichki ishlar vazirligining tarkibiy tuzilmalari va hududiy bo‘linmalariga umumiy o‘rta ta’lim maktablarini biriktirish to‘g‘risida" 2024 yil 25 iyun kunidagi tegishli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, IIV Surxondaryo akademik litseyi rahbariyati, o‘qituvchi va o‘quvchilari Sherobod tumani 3-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, maktabning bitiruvchi 9-sinf o‘quvchilari bilan uchrashdilar.

Targ‘ibot tadbiri davomida o‘quvchilarga litseyning tashkil etilishi, litseyga kirish tartibi, tahsil olish jarayoni, yashash sharoitlari, o‘quvchilarga beriladigan “Vazir stipendiyasi” va “O‘qishdagi muvaffaqiyatlari uchun!” ko‘krak nishoni, bitiruvchilarga berilgan imtiyozlar, o‘quv tayyorlov markazi haqida ma’lumotlar berib o‘tildi.

Shuningdek, akademik litsey o‘quvchilari o‘zlarining Vatanparvarlik chiqishlari bilan maktab o‘quvchilarida yanada katta qiziqish uyg‘otdi.

Text to speech