1 Noyabr 2024 yil
479
IIV Surxondaryo Akademik litseyi o‘quvchilarining kasbiy motivatsiyasini shakllantirish maqsadida psixologik trening mashg‘ulotlari tashkil etildi.
IIV Surxondaryo akademik litseyining mutaxassis psixologi tomonidan o‘quvchilarning yanada chuqur bilim olishiga, vatanga sadoqat bilan xizmat qilishi, emotsional intellektini rivojlantirishi maqsadida psixologik trening mashg‘uloti tashkil qilindi.
Trening davomida psixolog tomonidan
o‘quvchilarga aqliy hujum va mening tug‘ilgan kunim nomli qiziqarli psixologik o‘yinlar
tashkil etildi.
Bundan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilarning ruhiy zo‘riqishlarini oldini olish hamda ularni tushkin psixologik kayfiyatdan olib chiqish va diqqatlarini jamlash hamda yuqori kayfiyatda bo‘lishlariga qaratilgan.