IIV Surxondaryo akademik litseyida Alisher Navoiyning 584 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.
Odamiy ersang, demagil odamiy,
Onikim yo‘q xalq g‘amidin g‘ami.
A.Navoiy
Alisher Navoiyning 584 yilligi munosabati bilan joriy yilning 8-fevral sanasida IIV Surxondaryo akademik litseyida "Shoirlar sultoniga ehtirom!" shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi.
Bayram tadbirida, Alisher Navoiyning
merosi, ruboiylari, g‘azallari va hayoti, ijodidan namunalar keltirildi.
O‘quvchilar tomonidan "Guli
va Navoiy" asariga ruboiy va qit’alari asosida yaratilgan kichik sahna asarlari
hamda kuy, qo‘shiqlar, raqslar ijro etilishi tadbirni yanada ko‘tarinki ruhda o‘tkazishga
sabab bo‘ldi.
Shuningdek, Navoiy ijodiga oid
savol-javoblar asosida viktorina ham tashkil qilinib, o‘quvchilar Navoiy ijodi bilan
bog‘liq o‘z bilimlarini sinab ko‘rishdi.
Tadbir so‘nggida faol ishtirok etgan, Viktorina va tanlovlar g‘oliblari bo‘lgan o‘quvchilar litsey rahbariyati tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.