IIV Surxondaryo akademik litseyida tantanali diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 15 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar
vazirligi Surxondaryo akademik litseyida ta’lim va tarbiya olib, o‘zida ichki ishlar
organlari xodimlari uchun zarur bo‘lgan dastlabki kasbiy bilim, yuksak vatanparvarlik
va ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirgan, kelgusida Vatanimiz ravnaqi, yurt
tinchligi osoyishtaligiga o‘zining, chinakkam hissasini qo‘shadigan 156 nafar o‘quvchi
yoshlarning bitiruv tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbirda Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Timur Ismailov,
viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosarlari, viloyat IIB Faxriylar kengashi a’zolari, tuman
hokimligi va Ichki ishlar bo‘limi mas’ullari, bitiruvchi yoshlarning ota-onalari
ishtirok etishdi.
Tantanali tadbirda so‘z olgan viloyat IIB boshlig‘i ta’lim dargohini bitirayotgan
o‘quvchi yoshlarning olgan bilimlari orqasidan erishgan yutuqlari haqida so‘z yuritib,
ularning kelgusidagi ishlariga omadlar tiladi.
Shundan so‘ng tadbirning asosiy qismi bitiruvchi o‘quvchilarga diplomlarni
topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tantanali diplom topshirish marosimida viloyat IIB boshlig‘i va boshqarma
boshlig‘i o‘rinbosarlari, Faxriylar kengashi rahbarlari va a’zolari qo‘lidan diplomlarni
olish jarayonida har bir o‘quvchi o‘g‘il-qiz g‘urur va iftohor bilan “O‘zbekiston
Respublikasiga sadoqat bilan xizmat qilaman!”- deya, Ona vataniga o‘z sadoqatini
namoyon etishdi.
Tantanali tadbir davomida, so‘z olganlar ushbu ta’lim dargohi va bitiruvchi
o‘quvchilari haqida o‘zlarining iliq fikrlarini bildirishdi.
Tadbir so‘ngida, IIV Surxondaryo Akademik litsey o‘quvchi
o‘g‘il-qizlari tantanavor yurishga saf tortishib, rahbarlar oldidan o‘zgacha hayajon,
o‘zgacha quvonch va viqor bilan safdan o‘tishdi.