21 Oktyabr 2024 yil 370

IIV Surxondaryo akademik litseyi o‘quvchilari bilan psixologik trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

IIV Surxondaryo akademik litseyi o‘quvchilarining yanada chuqur bilim olishiga, Vatanga sadoqat bilan xizmat qilishi, emotsional intellektini rivojlantirishida, shuningdek, tanlagan kasbida keng salohiyatga ega bo‘lishida  psixologik yordam beruvchi seminar-trening mashg‘uloti tashkil qilindi.

Trening mashg‘uloti davomida o‘quvchilar bilan inson ongiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi psixologik metodikalardan foydalanildi.

Ushbu treningdan o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlardan yana biri o‘quvchilarning ruhiy zo‘riqishlarini oldini olish hamda ularni tushkin psixologik kayfiyatdan olib chiqish.

Bunday treninglarni o‘tkazish o‘quvchilarning diqqatlarini jamlashga hamda yuqori kayfiyatda bo‘lishlariga yordam beradi.

Zero,  har bir xodim va bo‘lajak xodimlar psixologik tomondan ham o‘z ustida doimiy ishlashi va yangi bilimlarni o‘zlashtirib borishi lozim.

Text to speech