23 Oktyabr 2024 yil 315

IIV Surxondaryo akademik litseyida “Shaxmat - aql gimnastikasi” musobaqasi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "2026-yil O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan 46-butun jahon shaxmat olimpiadasiga kompleks tayyorgarlik ko‘rish hamda shaxmatni ommaviy harakatga aylantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida" 2023 yil 8 may kunidagi PQ-150-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi IIV Surxondaryo akademik litseyida sportning shaxmat turi bo‘yicha joriy yilning 21-23-oktabr kunlari jismoniy tarbiya o‘qituvchilari Nozik Qarshieva va Muhammad Mamadiyorovlar boshchiligida musobaqa tashkil etildi.

Qizg‘in bahslarga boy tarzda o‘tgan susobaqa yakuniga ko‘ra 1-o‘rin 4.24-guruh o‘quvchisi Bekzod Majidov, 2-o‘rin 5.24-guruh o‘quvchisi Javohir Mashrapov, 3-o‘rin 2.24-guruh o‘quvchisi Sanjar Ochilovlar egallashdi.

Text to speech