26 Oktyabr 2023 yil 973

IIV Surxondaryo akademik litseyida Milliy gvardiya xodimlari tomonidan ko‘rgazmali chiqishlar tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda 25-oktabr "Ichki ishlar organlari xodimlari kuni" munosabati bilan Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarma xodimlari IIV Surxondaryo akademik litseyiga tashrif buyurishdi.

Tashrif jarayonida Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi batalon komandirining o‘rinbosari mayor V.M.Qo‘ng‘irov so‘zga chiqib, barcha Ichki ishlar organlari xodimlari va litsey o‘quvchilarini bayram bilan qutladi.

Ushbu tadbir davomida, IIV Akademik litsey o‘quvchilarida kasbga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida, Milliy gvardiya xodimlarining ko‘rgazmali jismoniy va jangovar mashg‘ulotlari bilan ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etildi.

Tadbir so‘ngida litseyda faoliyat olib borayotgan bir qator pedagog xodimlarga bayram sovg‘alari ulashildi. Shuningdek, o‘quvchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga mataxassislar tomonidan javoblar olishdi.

Text to speech