26 Yanvar 2024 yil 660

IIV Surxondaryo akademik litseyida kursantlar va litsey o‘quvchilari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Joriy yilning 26-yanvar kuni IIV Surxondaryo akademik litseyida O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasining 1-kurs kursantlari va litsey bitiruvchi kurs o‘quvchilari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida kursantlar tomonidan IIV Akademiyasi faoliyati haqida batafsil ma’lumot berildi. O‘quvchilar o‘qishga kirish imtihonlari, kursantlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, iqtidorli yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, kursantlar bilan tashkil etiladigan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar haqida keng tushuncha va tasavvurga ega bo‘lishdi.

Uchrashuv so‘ngida mamlakatimizda yoshlar uchun yaratib berilayotgan sharoit va keng imkoniyatlardan unumli foydalanishlari, har bir o‘quvchi yosh o‘zlari tanlagan sohaning yetuk mutaxassisi bo‘lishlari yo‘lida omadlar tiladi.

Text to speech