IIV Surxondaryo akademik litseyida hisobot saylov yigʼilishi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki
ishlar vazirligi Surxondaryo akademik litseyida boshlang‘ich tashkilot Kengashi Hisobot
-saylov yig‘ilishi
bo‘lib o‘tdi. Unda 155 delegatlar ishtirok
etishdi.
Hisobot -saylov yig‘ilishida kun tartibidagi masalalar
bilan delegatlar tanishtirildi.
Shundan so‘ng kun tartibidagi masalalar
yuzasidan;
1. O‘tgan o‘quv yili davomida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha boshlang‘ich tashkilot Kengashi hisoboti
tinglandi.
2. Kengash tarkibi yoshlar yetakchisi va litsey koordinatorlari
ovoz berish yo‘li
bilan saylandi.
3. Kengashning yillik ish rejasi tanishtirildi va
bir ovozdan ma’qullanib
tasdiqlandi va kelgusida qilinadigan ishlar, chora tadbirlari rejasi belgilab olindi
.
Kengash a’zolarini saylash jarayoni ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.
Hisobot -saylov yig‘ilishi yakunida koordinatorlar Boshlang‘ich tashkilot faoliyatiga doir ma’ruzalar o‘qishdi.