24 Dekabr 2024 yil
902
IIV Surxondaryo akademik litseyi o‘quvchisi “Kembo” kamari sohibiga aylandi.
Davlatimiz tomonidan yoshlarni sportga jalb qilish, sport sohasida yurtimiz ravnaqini yanada yuksaltirish borasida ko‘plab chora-tadbirlar hamda keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda.
Joriy yilning 14-15-dekabr kunlari
Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida sportning Kembo MMA yo‘nalishi bo‘yicha Surxondaryo
viloyat ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi.
Ushbu chempionatda Surxondaryo viloyatining “Aralash jang san’ati” terma jamoasining a’zosi, IIV Surxondaryo akademik litseyi 1-bosqich 5.24-guruh o‘quvchisi Ergashev Biloljon ishtirok etib, 70kg vazn toifasida faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, “Kembo” kamari sohibi bo‘ldi.