IIV Surxondaryo akademik litseyida “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan ichki ishlar faxriylari va o‘qituvchilariga bayram tadbiri tashkil etildi
1 oktabr- “O‘qituvchi
va murabbiylar” kuni munosbati bilan “Ustozim-ulug‘ faxrim!” shiori ostida, O‘zbekiston
Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Surxondaryo Akademik litseyida faoliyat yuritayotgan
o‘qituvchi va murabbiylar hamda ichki ishlar faxriylari uchun bayram dasturxoni
yozildi.
Tantanali bayram tadbirida
Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.F.Shadiev so‘zga
chiqib, “O‘qituvchi va murabbiylarni, faxriylarni bayram bilan tabrikladi va Akademik
litseyning o‘tgan bir yil mobaynida erishgan yutuqlarini birma-bir sanab o‘tib,
IIV Surxondaryo Akademik litseyi o‘qituvchilarining xizmatlarini alohida e’tirof
etdi.
Shundan so‘ng, Surxondaryo
Akademik litseyida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchi va murabbiylariga O‘zbekiston
Respublikasi Ichki ishlar vazirining, Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining hamda
IIV Akademik litseyi direktorining pul mukofotlari, esdalik sovg‘alari tantanali
ravishda topshirildi.
Bayram tadbiri davomida, san’atkorlar tomonidan kuy-qo‘shiqlar
ijro etilib, bayram ishtirokchilariga bayramona kayfiyat ulashildi.