8 Fevral 2024 yil 284

Surxondaryo akademik litseyida “Buyuklar yashaydi qalblarda mangu!” shiori ostida badiiy kecha tashkil etildi.

Joriy yilning 7 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV Surxondaryo akademik litseyida Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan “Buyuklar yashaydi qalblarda mangu!” shiori ostida badiiy kecha tashkil etildi.

Tashkil etilgan tadbir davomida o‘quvchilarning musiqiy chiqishlari, teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari yig‘ilganlarga namoyish etildi. Shoir ijodi haqida batafsil ma’lumot berilib o‘quvchilar tomonidan g‘azallar o‘qildi.

Tadbir doirasida Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan shoirning kitoblari ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.

Tadbir g‘azalxonlik mushoiralari hamda shoir g‘azallariga bastalangan kuy qo‘shiqlar bilan yig‘ilganlarni yanada ruhlantirdi. Ko‘tarinki kayfiyatda o‘tgan tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirib, Navoiy ijodi bilan yana bir bor yaqindan tanishishlari uchun xizmat qildi.

Tadbir yakunida faol ishtirok etgan 1-bosqich 3-23-guruh o‘quvchilariga litsey rahbariyatining tashakkurnoma va estalik kitoblari topshirildi.

Text to speech