2 Noyabr 2023 yil 781

IIV Surxondaryo akademik litseyida “Biz Vatan posboni-umid nihollarimiz!" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi, Surxondaryo viloyati hokimligi bilan hamkorlikda Surxondaryo viloyatida bir qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda.

IIV Surxondaryo akademik litseyida ham joriy yilning 2-noyabr sanasida “Biz Vatan posboni-umid nihollarimiz!" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir Eshqobil Shukur, Jarqo‘rg‘on tumani hokimi o‘rinbosari A.Rajabov hamda akademik litsey rahbariyati, ustozlari, shuningdek, o‘quvchi - yoshlar ishtirok etishdi.

Tashkil etilgan ma’naviy tadbirda Surxon vohasining zabardast shoiri  Eshqobil Shukurning ijodiy faoliyati haqida iliq fikrlar bildirildi, she’rlari tinglandi. Ayniqsa, o‘quvchi – yoshlar shoirning she’rlaridan na’munalar keltirishi, litsey o‘qituvchilari tomonidan ajoyib tilaklar bildirilishi hamda Eshqobil Shukurni "O‘zbek millatining hozirgi Mahmud Qoshg‘ariysidir!"- deya, ta’riflab o‘tilishi yanada quvonarli hol bo‘ldi.

Text to speech