2 Oktyabr 2024 yil
297
IIV Surxondaryo akademik litseyida "Nutqiy qobilyatning inson hayotidagi o‘rni" mavzusida o‘quv mashg‘uoti o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Ma’naviy
– ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamentining 2024 yil 19 aprel
kunidagi “IIV akademik litsey o‘quvchilari o‘rtasidagi ma’naviy ruhiy muhitni o‘rganish
hamda ularning o‘quv jarayoni hamda mashg‘ulotlaridan tashqari vaqtlarida ruhiy
emotsional barqarorligini saqlash bo‘yicha o‘tkaziladigan seminar – trening mashg‘ulotlar
dasturi”ga binoan IIV Surxondaryo akademik litsey o‘quvchilarining kasbiy motivatsiyasini
shakllantirish maqsadida, psixologik mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.
Bugungi
trening mashg‘ulotida o‘quvchilarning qiziqishlaridan kelib chiqib, "Nutqiy
qobilyatning inson hayotidagi o‘rni" mavzusida tegishli ma’lumotlar berilib,
qiziqarli psixologik o‘yinlar uyushtirildi. Shuningdek, o‘quvchilarning IIV akademiyasiga
kirish imtihonlariga tayyorgarliklar yuzasidan har bir o‘quvchi yoshlarga
tegishli psixologik tavsiyalar berildi.