18 Yanvar 2025 yil 762

IIV Surxondaryo akademik litseyi o‘quvchilari bilan sayyor uchrashuv tashkil etildi.

Ushbu uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi IIV Surxondaryo akademik litseyida IIV Akademiyasi Kadrlar bo‘limi katta inspektori, katta leytenant J. Qamariddinov, katta inspektor kapitan I.Abdullaev hamda Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati katta inspektori B.Qaynarovlar  ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida qabul jarayonlari va kursantlarga yaratilgan shart-sharoitlar, o‘qishga kirish uchun ajratilgan kvotalar miqdori haqida ma’lumotlar berilib, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining bugungi kundagi faoliyati haqida tayyorlangan videorolik o‘quvchilar e’tiboriga namoyish etildi.

Shuningdek, akademik litseyining bitiruvchi kurs o‘quvchilari tomonidan IIV Akademiyasiga kirish jarayoniga oid berilgan barcha savollariga mutaxassislar tomonidan tegishli javoblar olishdi.

Text to speech