23 May 2025 yil 734

IIV Surxondaryo akademik litseyi o‘quvchilari bilan “Hujjatlarning kriminalistik tadqiqoti” mavzusida o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Ekspert-kriminalistika markazi mutaxassislari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Surxondaryo akademik litseyi o‘quvchilari uchun “Hujjatlarning kriminalistik tadqiqoti tushunchasi” mavzusida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Tadbirning asosiy maqsadi – yosh avlodga huquqni muhofaza qiluvchi organlar amaliyotdagi faoliyatini yaqindan tanitish, shuningdek, ekspert-kriminalistika yo‘nalishidagi ilmiy-amaliy bilimlarini oshirishdan iborat bo‘ldi.

O‘quv mashg‘uloti davomida mutaxassislar hujjatlarning haqiqiyligini aniqlash, soxta hujjatlarni fosh etish, yozuv va imzolarning ekspertizasi kabi jarayonlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, amaliyotda foydalaniladigan zamonaviy kriminalistik asbob-uskunalar namoyish etilib, ularning imkoniyatlari haqida tushunchalar berildi.

Shu bilan birga, o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar olishdi.

Text to speech