IIV Probatsiya xizmati boshlig‘i boshchiligidagi ishchi guruhning o‘rganishlari Angor tumanida “qizil toifa”dagi mahallalarida davom etdi.
O‘zbekiston Respublikasi
IIV Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i o‘rinbosari, Probatsiya xizmati boshlig‘i
polkovnik Sh.Uralovning o‘rganishlari, Angor tumanidagi “qizil toifa”ga kiritilgan
“Yangi turmush” hamda “O‘zbekiston” mahallalari faoliyati hamda aholining yashash
sharoitlari bilan yaqindan tanishishdan davom etdi.
O‘rganishda, “Xavfsiz
hudud va mulkiy turdagi jinoyatlarga qarshi kurashish” oyligi doirasida olib borilgan
ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
Shuningdek, mazkur
oylik davomida “mahalla yettiligi” tomonidan olib borilgan ishlar profilaktika inspektorlari
bilan sarhisob qilinib, mahalla hududidagi korxona, tashkilotlar va ta’lim muassasalarining Milliy gvradiya Qo‘riqlash pultiga ulanishlari
o‘rganilib, “mahalla yettiligi” faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni tez fursatlarda
bartaraf etish yuzasidan tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.
Probatsiya
xizmati boshlig‘i tomonidan viloyatdagi o‘rganishlari
davom etmoqda.