15 Avgust 2024 yil 308

IIV Probatsiya xizmati boshlig‘i boshchiligidagi ishchi guruh Angor tumani IIB Probatsiya guruhi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i o‘rinbosari, Probatsiya xizmati boshlig‘i polkovnik Sh.Uralov tomonidan o‘rganishlar davomida, “Xavfsiz hudud va mulkiy turdagi jinoyatlarga qarshi kurashish” oyligi doirasida, Angor tumani IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhi xizmat xonasi va yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganishda, “Xavfsiz hudud va mulkiy turdagi jinoyatlarga qarshi kurashish” oyligi doirasida probatsiya xizmati inspektori mayor T.Botirov tomonidan olib borilgan ishlar atroflicha o‘rganildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Probatsiya to‘g‘risida”gi Qonuni  mazmun-mohiyati va unda yaratib berilgan imkoniyatlar haqida tushunchalar berdi.

Bundan tashqari, nazorat ostidagi shaxslarni kitobxonlikka bo‘lgan mehrini oshirish va bu bilan yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini ijobiy tomonga shakllantirish  orqali ularni to‘g‘ri yo‘lga boshlash mumkinligi yuzasidan tavsiyalar berildi.

Probatsiya xizmati boshlig‘i tomonidan  viloyatdagi o‘rganishlar davom etmoqda.

Text to speech