IIV Probatsiya xizmati boshlig‘i boshchiligidagi ishchi guruhi Sherobod tuman IIBda tashkil etilgan “Tezkor shtab” hamda tumandagi “qizil toifa”ga kiritilgan mahallalar faoliyatini o‘rgandi.
O‘zbekiston Respublikasi
IIV Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i o‘rinbosari, Probatsiya xizmati boshlig‘i
polkovnik Sh.Uralovning o‘rganishlari, Sherobod tumanidagi “qizil toifa”ga kiritilgan
“Bahor” mahallasi faoliyati hamda aholining yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishishdan
davom etdi.
O‘rganishda, “Xavfsiz
hudud va mulkiy turdagi jinoyatlarga qarshi kurashish” oyligi doirasida olib borilgan
ishlar joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek,
Sherobod tumani Ichki ishlar bo‘limida “Xavfsiz
hudud va mulkiy turdagi jinoyatlarga qarshi kurashish” oyligi o‘tkazilayotganligi
munosabati bilan tashkil etilgan “Tezkor shtab” faoliyati bilan tanishish asnosida
shtab a’zolariga oylik doirasida, belgilangan vazifalarni sidqidildan ado etish
bilan birga mas’uliyat bilan yondoshish lozimligi ta’kidlandi. Oylik davomida, fuqarolar
xavfsizligini ta’minlash hamda aholining roziligini amalda namoyon etish borasida
olib borilayotgan ishlar natijalari sarhisob qilinishi, har bir ishchi guruh a’zolari
bilan qilingan suhbat davomida o‘zlariga biriktirilgan yo‘nalishlarda faoliyatlarini
susaytirmasdan davom ettirish kerakligi uqtirildi.