16 Avgust 2024 yil 325

IIV Probatsiya xizmati boshlig‘i boshchiligidagi ishchi guruh Angor tumani IIBda tashkil etilgan “Tezkor shtab” faoliyatini o‘rgandi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i o‘rinbosari, Probatsiya xizmati boshlig‘i polkovnik Sh.Uralov boshchiligidagi ishchi guruh Angor tumani  Ichki ishlar bo‘limida “Xavfsiz hudud va mulkiy turdagi jinoyatlarga qarshi kurashish” oyligi o‘tkazilayotganligi munosabati bilan tashkil etilgan “Tezkor shtab” faoliyati bilan tanishish asnosida shtab a’zolariga oylik doirasida, belgilangan vazifalarni sidqidildan ado etish bilan birga mas’uliyat bilan yondoshish lozimligi ta’kidlandi.

Oylik davomida, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash hamda aholining roziligini amalda namoyon etish borasida olib borilayotgan ishlar natijalari sarhisob qilinishi, har bir ishchi guruh a’zolari bilan qilingan suhbat davomida o‘zlariga biriktirilgan yo‘nalishlarda faoliyatlarini susaytirmasdan davom ettirishi lozimligi uqtirildi.

IIV Probatsiya xizmati boshlig‘i boshchiligidagi ishchi guruhning viloyatdagi o‘rganishlari davom etmoqda.

Text to speech