IIV Probatsiya xizmati boshlig‘i vohaning turizm obe’ktlarida ko‘rilgan xavfsizlik choralari bilan tanishdi.
O‘zbekiston Respublikasi
IIV Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i o‘rinbosari, Probatsiya xizmati boshlig‘i
polkovnik Sh.Uralov tomonidan o‘rganishlar davomida, “Xavfsiz hudud va mulkiy turdagi
jinoyatlarga qarshi kurashish” oyligi doirasida Termiz tumani hududida joylashgan
mahalliy va xorijiy sayyohlarning sevimli maskanlaridan biri bo‘lgan, muqaddas qadamjoylardan
biri Al-Hakim At-Termiziy ziyoratgohida bo‘ldi.
Ushbu maskanda sayyohlarning
xavfsizligini ta’minlash borasida ko‘rilgan chora-tadbirlar bilan yaqindan tanishib,
viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi tomonidan biriktirilgan xodimning
xizmat vazifalari va yaratilgan shart-sharoitlar hamda oylik doirasida turizm obe’ktlariga
tashrif buyurayotgan sayohlar bilan olib borilayotgan targ‘ibot va tashviqot ishlarining
samarasi va natijasi haqida suhbat olib borildi.
IIV Probatsiya
xizmati boshlig‘i boshchiligidagi ishchi guruhning Surxondaryo viloyatidagi o‘rganishlari
davom etmoqda.