15 Avgust 2024 yil 248

IIV Probatsiya boshlig‘i boshchiligidagi ishchi guruh “Barqaror Hayot” Xalqaro ijtimoiy-ma’rifat markazining hamkorlikdagi faoliyati bilan tanishdi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i o‘rinbosari, Probatsiya boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Sh.Uralovning o‘rganishlari davomida Termiz shahrida joylashgan “Barqaror Hayot” Xalqaro ijtimoiy-ma’rifat markazi va Ichki ishlar vazirligi o‘rtasida imzolangan memorandum asosida muqaddam sudlangan hamda probatsiya nazorati ostidagi shaxslarni ijtimoiy hayotga moslashtirish borasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Tanishish asnosida, Termiz shahar IIB Jmaoat xavfsizigi xizmati Probatsiya guruhi nazorati ostidagi ayollar bilan tashkil etilgan psixologik va biznes treninglarga ishtirok etib, nazorat ostidagi ayollarni qiynab kelayotgan muammolari yuzasilan suhbat olib borildi. Suhbat davomida, berilgan bunday imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanish va ozodlikni qadriga yetish kerakligini ta’kidlab, markazda tashkil etilgan to‘garaklarda nazorat ostidagi shaxslarning bepul kasb-hunar o‘rganayotganligi alohida ahamiyatga molik ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Ayollar bilan o‘tkazilgan suhbat jaaryonida Prezidentimiz tomonidan yurtimizdagi ayollar uchun yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi.

“Barqaror Hayot” Xalqaro ijtimoiy-ma’rifat markazida tashkil etilgan trening mashg‘ulotlarida faol ishtirok etgan ayollarga esdalik sovg‘alari topshirilib, ularning kelgusi faoliyatlariga omad tiladi.

IIV Probatsiya boshqarmasi boshlig‘i boshchiligidagi ishchi guruhning viloyatdagi o‘rganishlari davom etmoqda.

Text to speech