15 Avgust 2024 yil 239

IIV Probatsiya boshlig‘i boshchiligidagi ishchi guruh Surxondaryo viloyati IIBda tashkil etilgan “Tezkor shtab” faoliyatini o‘rgandi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i o‘rinbosari, Probatsiya boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Sh.Uralov boshchiligidagi ishchi guruh Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi hamda Termiz shahar Ichki ishlar boshqarmasida “Xavfsiz hudud va mulkiy turdagi jinoyatlarga qarshi kurashish” oyligi o‘tkazilayotganligi munosabati bilan tashkil etilgan “Tezkor shtab” faoliyati bilan tanishish asnosida shtab a’zolariga oylik doirasida, belgilangan vazifalarni sidqidildan ado etish bilan birga mas’uliyat bilan yondoshish lozimligini ta’kidlandi. Oylik davomida, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash hamda aholining roziligini amalda namoyon etish borasida olib borilayotgan ishlar natijalari sarhisob qilinishi, har bir ishchi guruh a’zolari bilan qilingan suhbat davomida o‘zlariga biriktirilgan yo‘nalishlarda faoliyatlarini susaytirmasdan davom ettirish kerakligi uqtirildi.

Shuningdek, o‘rganish davomida ishchi guruhlar faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda “Xavfsiz hudud va mulkiy turdagi jinoyatlarga qarshi kurashish” oyligini samarali tashkil etish yuzasidan sohaviy xizmat rahbarlariga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.

IIV Probatsiya boshqarmasi boshlig‘i boshchiligidagi ishchi guruhning viloyatdagi o‘rganishlari davom etmoqda.

Text to speech