15 Avgust 2024 yil 226

IIV Probatsiya boshlig‘i boshchiligidagi ishchi guruhining o‘rganishlari Termiz shahrida “qizil toifa”dagi mahallalarida davom etdi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i o‘rinbosari, Probatsiya boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Sh.Uralovning o‘rganishlari, Termiz shahridagi qizil toifaga kiritilgan “Kattabog‘” hamda “Bo‘ston” mahallalari faoliyati hamda aholining yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishishdan davom etdi.

O‘rganishda, “Xavfsiz hudud va mulkiy turdagi jinoyatlarga qarshi kurashish” oyligi doirasida olib borilgan ishlar joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, mazkur oylik davomida olib borilgan ishlar “mahalla yettiligi”, xususan, profilaktika inspektorlari bilan sarhisob qilinib, mahalla hududidagi korxona, tashkilotlar va ta’lim muassasalarining  Milliy gvradiya Qo‘riqlash pultiga ulanishlari o‘rganilib, “mahalla yettiligi” faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni tez fursatlarda bartaraf etish yuzasidan tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Probatsiya boshqarmasi boshlig‘i tomonidan  viloyatdagi o‘rganishlari davom etmoqda.

Text to speech