15 Avgust 2024 yil 243

IIV Probatsiya boshlig‘i boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Surxondaryo viloyatida o‘rganish ishlarini boshladi

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i o‘rinbosari, Probatsiya boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Uralov Sharof Urazalievich boshchiligidagi ishchi guruh Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida “Xavfsiz hudud va mulkiy turdagi jinoyatlarga qarshi kurashish” oyligi doirasida olib borilgan ishlarni o‘rgandi.

O‘rganish davomida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil  29 iyun kundagi PQ-299-son qarori ijrosi yuzasidan Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tagan fuqarolarni ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish maqsadida  «dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi»  sifatida 10 500 000 so‘m subsidiya berilgan Termiz shahrida yashovchi B.Qurbonov va A.Shamsiddinovlarning ushbu mablag‘dan maqsadli foydalanganliklari ko‘zdan kechirilib, ularga halol yo‘l bilan qo‘shimcha daromat qilishlari yuzasidan tavsiyalar berildi.

o‘z navbatida B.Qurbonov hamda A.Shamsiddinovlar Qaror asosida ajratilgan subsidiyadan unumli foydalangan holda o‘zlarining tadbirkorlik faoliyatlatini yo‘lga qo‘yganliklari va  bu berilgan imkoniyat uchun Prezidentimizga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.

Mazkum Qaror asosida viloyatda 29 nafar shaxslarga dastlabki ijtimoiy yordam paketi berilgan bo‘lib, bu esa o‘z navbatida Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolarni ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish va qayta jinoyat sodir etishini oldini olishda muhimligi bilan ahamiyatlidir.

Probatsiya boshqarmasi boshlig‘i tomonidan  viloyatdagi o‘rganishlari davom etmoqda.

Text to speech