15 Avgust 2024 yil 231

IIV Probatsiya boshqarmasi boshlig‘i boshchiligidagi ishchi guruh “BIO TEXNO EKO” MChJ faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i o‘rinbosari, Probatsiya boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Sh.Uralovning o‘rganishlari davomida Termiz shahridagi “BIO TEXNO EKO” MChJga tashrif buyurib, mazkur Mas’uliyati cheklangan jamiyatida Termiz shahar IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhi hisobida axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tayotgan o‘ttiz uch nafar nazorat ostidagi shaxslarga yaratilgan shart-sharoitlari, oylik maoshlari yuzasidan tashkilot “BIO TEXNO EKO” MChJda mehnat faoliyatini olib borayotgan 33 nafar probatsiya nazorati ostidagilar bilan suhbat jarayonida Probatsiya to‘g‘risidagi qonun mazmun-mohiyati tushuntirilib, 3-nafar shaxslarning murojaatlari bo‘yicha aniqlangan muammosi ijobiy hal qilindi.

Ular bilan suhbat chog‘ida, ularga berilgan imkoniyatlardan to‘g‘ri va oqilona foydalanish, ozodlikni qadriga yetish  kerakligi ta’kidlandi. Uchrashuv so‘ngida nazorat ostidagi shaxslarga esdalik sovg‘alari ulashildi.

IIV Probatsiya boshqarmasi boshlig‘i boshchiligidagi ishchi guruhning viloyatdagi o‘rganishlari davom etmoqda.

Text to speech