IIV mas’ul xodimlari ishtirokida Sherobod tumani IIBda jismoniy va jangovar tayyorgarligi, maxsus vositalar, elektroshker va jangovar o‘qotar qurollardan foydalanishga qaratilgan o‘quv-amaliy mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2025-yil 5-iyuldagi tegishli farmoyishga asosan IIV mas’ul xodimlari ishtirokida Surxondaryo viloyati Sherobod tumani IIB shaxsiy tarkibining jismoniy va jangovar tayyorgarligi, maxsus vositalar, elektroshker va jangovar o‘qotar qurollardan foydalanish va ularni qo‘llash bo‘yicha ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan o‘quv-amaliy mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
O‘tkazilgan mashg‘ulotlarda, maxsus vositalar, elektroshker
va jangovar o‘qotar qurollarning taktik-texnik xususiyatlari, ularni olib yurish,
saqlash hamda xavfsizlik qoidalari tushuntirilib, o‘qotar qurolni qo‘llash shartlari
hamda uning huquqiy asoslari to‘g‘risida tushuntirildi.
Shuningdek, turli vaziyatlarda xodimlar tomonidan shubhali
va portlovchi vositalar aniqlanganda IIO xodimining dastlabki harakatlari bo‘yicha
tushunchalar berildi.
Shu kabi sayyor o‘quv mashg‘ulotlari Surxondaryo viloyati IIBning barcha hududlarida tashkil qilinmoqda.