IIV Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha komissiyasi Termiz shahar IIBda o‘rganish ishlarini boshladi
Joriy yilning 9 noyabr kuni Termiz shahar IIBda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tadbir tashkil etildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi IIV Ma’naviy ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti MMIX boshlig‘i o‘rinsosari, podpolkovnik A.Inomov, Surxondaryo viloyati IIB o‘rinbosari, podpolkovnik Sh.Shodiev, Termiz shahar IIB boshlig‘i, podpolkovnik E.Nurullaev, ishchi guruh a’zolari hamda shahar IIB shaxsiy tarkibi ishtirok etishdi.
Tadbirda ishchi guruh tomonidan shahar IIBda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tuzilgan “Ishchi guruh” larning faoliyati tanqidiy tahlil qilindi.
O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 iyul kunidagi 6257-son Farmoni va 2021 yil 6 iyuldagi 5177-son hamda 2022 yil 12 yanvardagi 81-son Qarorlari talablarining ijrosi qay darajada ta’minlanayotgani xususida so‘z bordi. Shuningdek, hududiy ichki ishlar organlarida korrupsiyani oldini olishga qaratilgan Ichki ishlar vazirining 2021 yildagi 56-son buyrug‘i hamda ko‘rsatmalari, mazkur yo‘nalishda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar Dasturining ijrosiga ham e’tibor qaratildi.
Tadbirda ichki ishlar organlari xodimlariga “Halollik vaksinasi”ni singdirish borasida amalga oshirilayotgan amaliy ishlarning bugungi ahvoli ham tahlil qilindi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati