1 Fevral 2023 yil 197

IIV ishchi guruhi tomonidan Sherobod tumani IIBda targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

2023 yilning 1 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV tomonidan tashkil etilgan ishchi guruh a’zolari IIV Malaka oshirish instituti boshlig‘i yordamchisi podpolkovnik Ilxom Axmedov, IIV MMI va KBTD Kasbiy tayyorgarlik boshqarmasi katta mutaxassisi leytenant Komiljon G‘iyosiddinov, viloyat IIB MMI va KBTX boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Ulug‘bek Jo‘raev, Sherobod tumani IIB boshlig‘i podpolkovnik O‘tkir Shukurovlar ishtirokida shaxsiy tarkibga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi "Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-10-sonli qarori mazmun mohiyatini yetkazish va uning ijrosiga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida, qarorda nazarda tutilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar yuzasidan tuman IIB sohaviy xizmat xodimlariga atroflicha tushunchalar berildi.

Text to speech