IIV ishchi guruhi Surxondaryo viloyati IIB sohaviy xizmat xodimlari o‘rtasida qaror mazmun mohiyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbirini o‘tkazdi
Joriy yilning 2 fevral kuni Termiz shahridagi Yoshlar markazi faollar zalida O‘zbekiston Respublikasi IIV tomonidan tashkil etilgan ishchi guruh a’zolari Malaka oshirish instituti professor o‘qituvchilari podpolkovnik M.Achilov, podpolkovnik S.Ernazarov, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.Shadiev, ishtirokida, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi sohaviy xizmatlar shaxsiy tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi "Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-10-sonli qarorining mazmun mohiyatini yetkazish maqsadiga qaratilgan targ‘ibot tadbiri ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.
Targ‘ibot tadbiri davomida, viloyat IIB shaxsiy tarkibi o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan mas’ullarga murojaat qilishib, ulardan kerakli bo‘lgan ma’lumotlar olishdi hamda o‘zlarining taklif va mulohazalarini bayon etishdi.