IIV ishchi guruhlari tomonidan Termiz shahar IIB shaxsiy tarkibining bilim salohiyati va kasb mahoratlarini oshirishga qaratilgan targ‘ibot hamda o‘quv yig‘inlari o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri huzurida Surxondaryo viloyatida olib borilgan kompleks inspektorlik tekshiruvi yakuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan tahliliy yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida, Termiz shahar ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 14 fevral kunidagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy nizomlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-23-son farmoni hamda Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya va Davlat xavfsizlik xizmati va boshqa manfaatdor vazirlik xamda idoralar o‘rtasida 2025 yil 20 may kunidagi tegishli qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Saf nizomi mazmun mohiyati va unda keltirilgan vazifalar tushuntirib o‘tildi.
Shuningdek, shaxsiy
tarkibning jangovar va saf tayyorgarligi, o‘qotar qurollardan, maxsus vositalardan
foydalanish ko‘nikmalarini hamda jangovar tayyorgarligini yanada oshirish, maxsus
vositalarni mohirona qo‘llash ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash maqsadida maxsus-taktik
o‘quv mashg‘ulotlari ham o‘tkazilmoqda.
O‘quv yig‘inida
ishtirok etgan boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Sherzod Shadiev tomonidan
xodimlarga qonunchilik va xizmat intizomiga rioya etish, korrupsion jinoyatlarga
keskin murosasiz kurash olib borish, ta’magirlikka yo‘l qo‘ymaslik borasida tegishli
yo‘riqnoma ham o‘tkazildi.
Bu boradagi targ‘ibot va o‘quv yig‘inlari viloyatning barcha tuman-shahar IIBlarida davom ettirilmoqda.