16 Iyun 2025 yil 488

IIV ishchi guruhlari tomonidan Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibining bilim salohiyati va kasb mahoratlarini oshirish maqsadida targ‘ibot va o‘quv yig‘inlari o‘tkazilmoqda.

Joriy yilning 14 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri huzurida Surxondaryo viloyatida olib borilgan kompleks inspektorlik tekshiruvi yakuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan tahliliy yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida, Surxondaryo viloyati Termiz shahar, Termiz va Angor tumani IIBlari hamda Jamoat xavfsizligi xizmati jamoat tartibini saqlash boshqarmasi bo‘linmalari saf bo‘linmalari patrul-post xizmati bataloni shaxsiy tarkibi o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 14 fevral kunidagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy nizomlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-23-son farmoni hamda Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya va Davlat xavfsizlik xizmati va boshqa manfaatdor vazirlik xamda idoralar o‘rtasida 2025 yil 20 may kunidagi tegishli qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Saf nizomi mazmun mohiyati va unda keltirilgan vazifalar tushuntirib o‘tildi.

Shuningdek, Jamoat xavfsizligi xizmati jamoat tartibini saqlash boshqarmasi saf bo‘linmalari patrul-post xizmati bataloni shaxsiy tarkibining jangovar va saf tayyorgarligi, o‘qotar qurollardan, maxsus vositalardan foydalanish ko‘nikmalarini hamda jangovar tayyorgarligini yanada oshirish, maxsus vositalarni mohirona qo‘llash ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash maqsadida maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari ham o‘tkazilmoqda.

Bu boradagi targ‘ibot va o‘quv yig‘inlari Surxondaryo viloyatining ishlar ichki ishlar organlarida izchillik bilan davom ettirilmoqda.

Text to speech