17 Sentyabr 2024 yil 200

IIV ishchi guruhi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markazida bo‘lishdi.

Bugungi kunda davlatimiz rahbarining yoshlarga keng imkoniyat va shart -sharoitlar yaratilayotganligi, ularni kelajakda o‘z o‘rnini topishi va ularni vatanparvarlik ruhida tarbiya topishi borasida keng imkoniyatlar eshigi ochilganligi bejiz emas.

Shu  maqsadida, joriy yilning 16 sentabr kuni Ichki ishlar vazirligi Jamoat xizmati departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshlig‘i podpolkovnik X.Sh.Qodirov viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga tashrif buyurdi.

Tashrif chog‘ida markazda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib, saqlanayotgan voyaga yetmaganlarning kelib tushish sabablari, oilaviy ahvoli va ta’lim tarbiyasi yuzasidan ular bilan yaqindan suhbat olib bordi.

Viloyat IIB Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi mutaxassis xodimlari, markaz xodimlari bilan hamkorlikda markazda saqlanayotgan voyaga yetmaganlarga harbiy jang san’ati mashg‘ulotlari o‘rgatayotganligining guvohi bo‘lishdi. Ushbu jarayonda voyaga yetmaganlar tomonidan sahna ko‘rinishi sifatida namoyish etildi. X.Sh.Qodirov markazda saqlanayotgan voyaga yetmaganlar bilan suhbat so‘ngida hayotda o‘z o‘rnini topishi, tuzalish yo‘lini tanlashi,  o‘zining oldiga qo‘ygan maqsadlari yo‘lida  doim  Ichki ishlar organlari qo‘llab quvvatlashi haqida o‘z so‘zida ta’kidlab o‘tdi.

Text to speech