19 Sentyabr 2024 yil
182
IIV ishchi guruhi tomonidan Termiz shahrida o‘tkazilgan “Sayyor qabul”da 19 nafar fuqaroning murojaati hal etildi.
IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati
boshlig‘i podpolkovnik Hotam Qodirovning navbatdagi sayyor qabuli Termiz shahrida IIOlari xodimlarining xatti-harakatlaridan
norozi bo‘lib, Huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilib kelayotgan fuqarolar
bilan bo‘ldi. Viloyatning Qiziriq, Bandixon, Termiz, Sherobod tumani hamda Termiz
shahrida yashovchi 31 nafar fuqarolarning turli mazmundagi murojaatlari tinglanib,
qabul davomida 19 nafar fuqaroning murojaati joyida ijobiy hal etildi.
Qolgan 12 nafar fuqaroning murojaati yuzasidan qo‘shimcha
o‘rganishlar olib borilishi to‘g‘risida tushuntirildi.