20 Iyun 2024 yil
382
IIV ishchi guruhi Surxondaryoda “Intizom oyligi” doirasida o‘rganish ishlarini olib bordi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Manaviy -marifiy ishlar va
kadrlar bilan taminlash departamenti ishchi guruhi mas’ul xodimlari tomonidan Surxondaryo
viloyatida o‘rganishlar olib borildi.
Bunda, ishchi guruh tomonidan hududiy ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy
ishlar va kadrlar bilan ta’minlash, ta’lim jarayonini tashkil etish, xodimlarni
jismoniy va jangovar tayyorgarligini oshirish, soha xodimlariga xizmat samaradorligini
oshirish yuzasidan amaliy va uslubiy yordam hamda jamoalardagi mahnaviy-ruhiy muhit
barqarorligini ta’minlashga qaratilgan ishlar yaqindan o‘rganildi
O‘rganish ishlari davomida, O‘zbekiston Respublikasi
IIVning 2024 yil 10 may kunidagi hamda Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining
2024 yil 25 may kunidagi ichki ishlar organlarida joriy yilning 1 iyun kunidan 30 iyun kuniga qadar “Qonuniylikni
ta’minlash va temir intizom oyligi”ni o‘tkazish to‘g‘risidagi farmoyishlari
mazmun mohiyati yuzasidan Surxondaryo viloyati IIB shaxsiy tarkibi bilan yig‘ilish
bo‘lib o‘tdi.
O‘tkazilgan mazkur yig‘ilishda, Surxondaryo viloyat IIB xodimlari o‘rtasida
xizmat intizomi, qonunchilikka rioya etish, korrupsiya va tamagirlikning har qanday
ko‘rinishiga chek qo‘yish kerakligi, mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish
va unga qarshi murosasiz kurashishning ilg‘or xalqaro standartlarga asoslangan tizimini
joriy etish bo‘yicha izchil choralar ko‘rilayotganligi, ichki ishlar organi xodimlarida
korrupsiyaga nisbatan murosasizlik kayfiyatini shakllantirish, fuqarolar bilan muloqot
jarayonida kasbiy muomala madaniyatiga rioya qilgan holda har qanday vaziyatda o‘zini
“ichki ishlar organlari xodimi”- degan yuksak nomga munosib ravishda namoyon etish,
mansab vakolati doirasidan chetga chiqmaslik, salbiy holatlar sodir etmaslik, shu
bilan birga xodimlarga korrupsion turdagi jinoyatlarga undash yoki taklif bo‘lganda
me’yoriy buyruq talablariga muvofiq darhol mas’ul rahbarlarga bildirgi bilan murojaat
qilishlari lozimligi yana bir bor eslatilib, xizmat vazifalarini vijdonan va halol
bajarib, korrupsion takliflarni rad etgan xodimlarni rag‘batlantirish masalallari
bayon etildi.
Shuningdek
IIV ishchi guruhi rahbari tomonidan sohaviy xizmatlarda xodimlar faoliyat olib borishlari
uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan ham tanishildi.