IIV ishchi guruhi Surxondaryo viloyatida o‘rganish ishlarini boshladi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan
tasdiqlangan reja topshiriqqa asosan, ichki ishlar vazirligi sohaviy xizmatlaridan
iborat ishchi guruh joriy yilning 12 fevral
kunidan Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlarining tezkor-xizmat faoliyati,
jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlash, mahallalarda
xavfsiz muhitni yaratish borasidagi “ijtimoiy profilaktika” tizimi, ijro hamda xizmat
intizomiga rioya etilishi ahvoli Termiz tumani IIBda amalga oshirilgan ishlarni
o‘rganish orqali aniqlangan kamchilliklarni bartaraf etish yuzasidan amaliy yordam
ko‘rsatilmoqda.
Bunda, ishchi guruh a’zolari muhtaram Prezidentimiz
hamda Ichki ishlar vaziri tomonidan berilgan topshiriqlarga asosan hududlarda huquqbuzarliklar
sodir etilishiga ta’sir etuvchi muammolarni “Xavfsiz xonadon” va “Xavfsiz xovli”
tizimi asosida bartaraf etish hamda “ijtimoiy profilaktika” tizimi va mahallalarda
faoliyati yo‘lga qo‘yilgan “mahalla yettiligi” tomonidan hamkorlikda amalga oshirilayotgan
chora-tadbirlarning bugungi holati, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami,
uyushmagan yoshlar, muammoli ayollar, voyaga yetmagan va ilgari sudlangan shaxslar
bilan “Mahallabay” va “Xonadonbay” tashkil etilgan ishlarni o‘rganish ko‘zda tutilgan.