18 Sentyabr 2024 yil 166

IIV ishchi guruhi sportning voleybol turi bo‘yicha viloyatda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Mas’ullar Surxondaryo viloyati IIB Sport majmuasida mashg‘ulot olib boryotgan jamoalar bilan suhbat olib borib, davlatimiz rahbari tomonidan sportga katta e’tibor qaratilayotganligi, jumladan 2024 yil 19 iyul kunidagi  "Voleybol sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-274-sonli qarori so‘nggi yillarda bu sport turini Respublikamiz miqiyosida rivojlanishida katta ahamiyat kasb etishi ta’kidlab o‘tildi.

Shundan so‘ng, Respublika Voleybol federatsiyasi tomonidan ajratilgan erkaklar jamoasi uchun sport anjomlari, o‘smirlar uchun sport kiyimlari, koptoklar, voleybol tablosi, hakamlik elementlari va boshqa sport anjomlari topshirildi.

Text to speech