26 Fevral 2023 yil 339

IIV Faxriylar kengashi a’zosi iste’fodagi polkovnik Sherabot Qiziriq va Boysun tumanlarida ham uchrashuvlar tashkil qilindi. 

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosarining 2023 yil           17 fevraldagi “Kasbiy madaniyat va xizmat intizomi talablarini barcha shaxsiy tarkibga yetkazish bo‘yicha respublika targ‘ibot guruhi faoliyatini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida”gi farmoyishining ijrosini taminlash maqsadida, joriy yilning 21-24 fevral kunlari IIV Faxriylar kengashi a’zosi iste’fodagi polkovnik M.Sagatov viloyat IIB shaxsiy tarkibi o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20-yanvardagi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 10-son Qarorining mazmun va mohiyatini yetkazish maqsadida tashrif buyurdi.

Sherabot Qiziriq va Boysun tumanlari IIB shaxsiy tarkibi hamda shu soxa faxriylari ishtirokida bo‘lib o‘tdi va unda IIV Faxriylar kengashi a’zosi iste’fodagi polkovnik M.Sagatov tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvardagi PQ–10-son Qarorining mazmun-mohiyati barcha shaxsiy tarkibga yetkazilishini ta’minlandi hamda xodimlarni chinakam vatanparvar va fidoyi, burchiga sadoqatli etib tarbiyalashda faxriylarning yordamidan samarali foydalanish kerakligi to‘g‘rsida mas’ul rahbarlarga ko‘rsatmalar berib o‘tildi.

   Samimiy muloqatdan so‘ng uzoq yillar davomida Ichki ishlar organida faoliyat yuritgan nafaqadagi faxriylarning xonodolariga borishdi.

Bu kabi uchrashuvlar viloyat bo‘ylab davom ettirilishi belgilangan.

 Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech