24 Fevral 2023 yil 365

IIV Faxriylar kengashi a’zosi iste’fodagi polkovnik bilan uchrashuv viloyat IIBda tashkil qilindi.

 O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosarining 2023 yil    17 fevraldagi “Kasbiy madaniyat va xizmat intizomi talablarini barcha shaxsiy tarkibga yetkazish bo‘yicha respublika targ‘ibot guruhi faoliyatini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida”gi farmoyishining ijrosini taminlash maqsadida, joriy yilning 24 fevral kuni IIV Faxriylar kengashi a’zosi iste’fodagi polkovnik M.Sagatov viloyat IIB shaxsiy tarkibi o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20-yanvardagi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 10-son Qarorining mazmun va mohiyatini yetkazish maqsadida tashrif buyurdi.

Viloyat IIBning katta majlistlar zalida bo‘lib o‘tgan yig‘ilish boshqarma boshlig‘i o‘ribosari podpolkovnik Sh. Shadiev, viloyat IIB Faxriylar kengashi raisi iste’fodagi podpolkovnik A.Sharafutdinov, faxriylar kengashi a’zolari hamda shaxsiy tarkib ishtirokida bo‘lib o‘tdi va unda IIV Faxriylar kengashi a’zosi iste’fodagi polkovnik M.Sagatov tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvardagi PQ–10-son Qarorining mazmun-mohiyati barcha shaxsiy tarkibga yetkazilishini ta’minlandi hamda xodimlarni chinakam vatanparvar va fidoyi, burchiga sadoqatli etib tarbiyalashda faxriylarning yordamidan samarali foydalanish kerakligi to‘g‘rsida mas’ul rahbarlarga kerakli ko‘rsatmalar berib o‘tildi.

  Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech