IIV “Dinamo” Jismoniy tarbiya va sport jamiyati tomonidan sportning “stol tenis” turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.
2024 yilning 26-27
fevral kunlari Termiz shahridagi 26 maktab
sport zalida O‘zbekiston Respublikasi IIV
“Dinamo” Jismoniy tarbiya va sport jamiyati tomonidan sportning “stol tenis” turi bo‘yicha Surxondaryo
viloyati xuquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari o‘rtasida viloyat birinchiligi
musobaqasi o‘tkazildi.
Sport musobaqasi
murosasiz baxslarga boy bo‘lib, Surxondaryo viloyatida xizmat o‘tayotgan Ichki ishlar boshqarmasi, Milliy
gvardiya, Davlat xavfsizligi xizmati, Bojxona boshqarmasi, Termiz xalqaro aeroportida
xavfsizlikni ta’minlash alohida bataloni, Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari,
Transportda jamoat xavfsizligini ta’minlash boshqarmasi xodimlaridan iborat 7 ta
terma jamoadan 4 nafardan jami 28 nafar sportchilar ishtirok etishdi.
Xalqaro toifadagi
hakamlar tomonidan baholab borilgan ushbu nufuzli musobaqa natijalariga ko‘ra 1
o‘rinni viloyat DXX ChQ sportchisi, 2 o‘rinni DXX ChQ sportchisi, 3 o‘rinni DXX
boshqarmasi sportchisi va 3 o‘rinni DXX ChQ sportchilari qo‘lga kiritishdi.
G‘oliblar O‘zbekiston
Respublikasi IIV “Dinamo” Jismoniy-tarbiya va sport jamiyati Surxondaryo viloyati
Kengashi tomonidan diplom, medal va qimmatbaxo esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar
Shu o‘rinda aytish joizki
“Dinamo” jismoniy tarbiya va sport jamiyati qoshida tashkil etilgan “Kurash”, “Erkin
kurash”, “DZYuDO”, “Qo‘l jangi”, “Triatlon”, “Futbol”, “Yunon-Rum kurashi”, “Kombat
aykido” to‘garaklarida hozirgi kunda jami 515 nafar o‘smirlar muntazam shug‘ullanishib respublika va xalqaro
musobaqalarda munosib o‘rinlarni egallab kelmoqda.