1 Aprel 2025 yil 205

IIV hamda viloyat IIB ishchi guruhi Termiz shahridagi 7- sonli umumta’lim maktabida o‘rganish ishlarini olib borishdi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV o‘rinbosarining joriy yil 31 mart kunidagi farmoyishi bilan maktablarga tashkiliy va tarbiya-metodik jihatdan manzilli ko‘maklashish maqsadida ishchi guruhi tarkibi tasdiqlangan edi.

Mazkur ishchi guruh hududlarda belgilangan chora-tadbirlarni sifatli tashkil etilishini hamda viloyat IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va Kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshliqlari mas’ul etib belgilanganligi bois ularga amaliy yordam ko‘rsatish nazarda tutilgan.

Surxondaryo viloyatiga biriktirilgan vazirlik ishchi guruhi hamda viloyat IIB mutasaddilari Termiz shahridagi  7- sonli  umumta’lim maktabida bo‘lishdi. O‘rganish jarayonida ta’lim maskanida ma’muriy bino, o‘quv xonalari, infratuzilmasi ko‘zdan kechirildi.

Dars jarayonlari o‘rganilib, maktab mas’ullari hamda o‘‌quvchilar bilan yaqindan suhbat qurilib, ularning kelgusidagi rejalari tinglandi.

Aniqlangan kamchilliklar va muammolarni bartaraf etish yuzasidan zaruriy chora-tadbirlar belgilab olindi.

Text to speech