20 Mart 2022 yil
430
IIV Akademiyasi va Ichki ishlar boshqarmasi mas’ullari, ichki ishlar organlari xodimlari va ularning ota-onalari bilan uchrashuv o‘tkazishdi
Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida hamda Denov tumani Termiz davlat Pedagogika va tadbirkorlik instituti faollar zalida O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasining 2022 yil 5 mart kunida tasdiqlangan Reja topshirig‘iga asosan Respublika hududiy IIBlarida malakaviy amaliyot o‘tayotgan IIV Akademiyasi 3-o‘quv kursi kursantlari hamda Akademiyani tamomlab, xizmat olib borayotganiga besh yilgacha bo‘lgan yosh xodimlar va ularning ota-onalari bilan xizmat intizomi va qonun buzilishining oldini olish maqsadida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
IIV Akademiyasini 2017-2021 yillarda tamomlagan yosh xodimlar hamda Surxondaryo viloyatida amaliyot o‘tayotgan IIV Akademiyasining 3-o‘quv kursi kursantlari ishtirokida uyushtirilgan yig‘ilish avvalida Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Umid O‘tayev, viloyat IIB Faxriylar kengashi raisi iste’fodagi popolkovnik E.Qodirov, viloyat IIB boshlig‘ining maslahatchisi iste’fodagi polkovnik X.Ergashev, hamda O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi boshlig‘ining yordamchisi, polkovnik Ismoil Himmatov so‘zga chiqdi. So‘zga chiqqanlar tizimda amalga oshirilayotgan keng qamrovli chora-tadbirlarga qaramasdan, ayrim xodimlar tomonidan ichki ishlar organlari nomiga dog‘ tushiruvchi nojo‘ya xatti-harakatlar, tamagirlik, poraxo‘rlik, ma’muriy huquqbuzarlik va xizmat intizomini buzish holatlari sodir etilayotganligi fuqarolarning tizimga nisbatan salbiy fikrlari uyg‘onishiga sabab bo‘layotganligiga jiddiy e’tiroz bildirildi.
Shuningdek, ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila a’zolarini ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash borasida yaratilgan hamda yaratilishi ko‘zda tutilayotgan imkoniyat va imtiyozlar haqida ma’lumotlar ham berildi.
Yig‘ilishda javobgarlikka tortilgan sohaning ayrim nopok vakillari qismatidan so‘zlovchi “Korrupsiya – jaholatga yo‘l” ko‘rsatuvi hamda “Ichki ishlar vazirligi Akademiya tarixi” nomli videolavhalar namoyish qilindi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati