15 Noyabr 2023 yil 669

IIV Akademiyasi professor-o‘qituvchilaridan iborat ishchi guruh Termizda jinoyatchilikni jilovlash borasidagi ishlarga metodik yordam ko‘rsatishmoqda.

Xabaringiz bor, vazirlik Akademiyasi ishchi guruhi ayni kunlarda Surxondaryo viloyatida o‘rganishlar olib bormoqda.

Xususan, Termiz shahar "O‘zbekiston" mahallasining ijtimoiy profilaktika sube’ktlari bilan bo‘lgan uchrashuvda jinoyatchilikni jilovlash maqsadida ilmiy asoslangan xulosalardan kelib chiqib ishlab chiqilgan metodik qo‘llanmalar to‘g‘risida shuningdek, ular tomonidan yuritilishi lozim bo‘lgan hujjatlar yuzasidan mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Shu bilan birga, kriminogen vaziyat va salmog‘i yuqori bo‘lgan jinoyatlar tahlili, ularning sodir etilish sabablari va unga imkon bergan shart-sharoitlar o‘rganilgan holda muhokama qilinib, ularning barvaqt profilaktikasini tashkil etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berib borilmoqda.

Text to speech